# Fuqarolik protsessual kodeksi — 327-modda. Ariza berish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FPK/327 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Mol-mulkni (ashyoni) egasiz deb topish toʻgʻrisidagi ariza davlat mol-mulkini boshqarish vakolatiga ega organ yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi tomonidan mol-mulk (ashyo) turgan joydagi sudga beriladi. Arizada qaysi mol-mulkni (ashyoni) egasiz deb topish kerakligi koʻrsatilgan boʻlishi, shuningdek mol-mulk (ashyo) egasini aniqlashning imkoni yoʻqligini yoxud mol-mulk (ashyo) mulkdor tomonidan unga nisbatan mulk huquqini saqlab qolish niyatisiz qoldirganligini tasdiqlovchi dalillar keltirilgan boʻlishi kerak. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FPK)