# Fuqarolik protsessual kodeksi — 328-modda. Ishni sud muhokamasiga tayyorlash > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FPK/328 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Sudya ishni sud muhokamasiga tayyorlashda mol-mulk (ashyo) kimga tegishli ekanligi toʻgʻrisida maʼlumot berishi mumkin boʻlgan shaxslarni (mol-mulkning (ashyoning) mulkdorlari, unga amalda egalik qilib turganlar, qoʻshnilar va boshqalarni) aniqlaydi, shuningdek fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlaridan mol-mulkka doir mavjud maʼlumotlarni soʻraydi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FPK)