# Fuqarolik protsessual kodeksi — 330-modda. Sudning hal qiluv qarori > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FPK/330 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Sud mol-mulkni (ashyoni) mulkdori yoʻq yoki mulkdori nomaʼlum yoxud mol-mulk (ashyo) mulkdor tomonidan unga nisbatan mulk huquqini saqlab qolish niyatisiz qoldirilgan deb topsa, mol-mulkni (ashyoni) egasiz deb topish va uni davlat mulkiga yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi mulkiga oʻtkazish toʻgʻrisida hal qiluv qarori qabul qiladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FPK)