# Fuqarolik protsessual kodeksi — 333-modda. Eʼlonning mazmuni > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FPK/333 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Eʼlonda quyidagilar koʻrsatilishi kerak: 1) hujjat yoʻqolganligi toʻgʻrisida ariza tushgan sudning nomi; 2) arizachining familiyasi, ismi, otasining ismi va yashash joyi; 3) hujjatning nomi va farqlovchi belgilari; 4) yoʻqolganligi toʻgʻrisida ariza berilgan hujjatni saqlovchiga ommaviy axborot vositalarida eʼlon chiqqan kundan eʼtiboran uch oy muddat ichida oʻzining mazkur hujjatga boʻlgan huquqlari haqida sudga arz qilishi toʻgʻrisidagi taklif. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FPK)