# Fuqarolik protsessual kodeksi — 335-modda. Sudyaning hujjatni saqlovchidan ariza tushganidan keyingi harakatlari > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FPK/335 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Hujjat yoʻqolganligi toʻgʻrisida eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oylik muddat oʻtguniga qadar sudga hujjatni saqlovchidan ariza tushgan taqdirda, sudya ajrim chiqarib, unda hujjati yoʻqolganligi haqida ariza bergan shaxsga hujjatni olib qoʻyish toʻgʻrisida hujjatni saqlovchiga nisbatan umumiy tartibda daʼvo taqdim etish uchun muddat beradi va bu haqda hujjatni saqlovchini xabardor qiladi. Bu muddat ikki oydan oshmasligi kerak. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FPK)