# Fuqarolik protsessual kodeksi — 339-modda. Hujjatni saqlovchining asossiz boyish toʻgʻrisida daʼvo taqdim etish huquqi > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FPK/339 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Oʻzining ushbu hujjatga boʻlgan huquqlari toʻgʻrisida biror sabab bilan oʻz vaqtida arz qilmagan hujjatni saqlovchi yoʻqolgan hujjat oʻrniga yangisini olish huquqi berilgan shaxsga nisbatan asossiz boyish toʻgʻrisida daʼvo taqdim etishi mumkin. Bunday daʼvo hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirganidan keyingina sudga taqdim etilishi mumkin. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FPK)