# Fuqarolik protsessual kodeksi — 342-modda. Yoʻqolgan sud ishini yuritishni tiklash toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FPK/342 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Sud yoʻqolgan sud ishini yuritishni tiklash toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqishda ishning saqlanib qolgan qismlaridan, sud ishini yuritish yoʻqolguniga qadar ushbu ishdan fuqarolar va tashkilotlarga olib berilgan hujjatlardan, bu hujjatlarning koʻchirma nusxalaridan, shuningdek ishga daxldor boʻlgan boshqa hujjatlardan foydalanadi. Sud protsessual harakatlarni bajarish chogʻida hozir boʻlgan shaxslarni, zarur hollarda esa, yoʻqolgan sud ishini koʻrib chiqqan sud tarkibiga kirgan shaxslarni ham guvoh sifatida soʻroq qilishi mumkin. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FPK)