# Fuqarolik protsessual kodeksi — 346-modda. Sud tomonidan koʻrib chiqiladigan, hakamlik sudining hal qiluv qarori bilan bogʻliq ishlar > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FPK/346 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Fuqarolik ishlari boʻyicha sud tomonidan koʻrib chiqiladigan, hakamlik sudining hal qiluv qarori bilan bogʻliq ishlar jumlasiga: 1) hakamlik sudlarining hal qiluv qarorlarini bekor qilish toʻgʻrisidagi; 2) hakamlik sudlarining hal qiluv qarorlarini majburiy ijro etish uchun ijro varaqalari berish haqidagi arizalar boʻyicha ishlar kiradi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FPK)