# Fuqarolik protsessual kodeksi — 35-modda. Sudlovga tegishlilikning alohida hollari > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FPK/35 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Imoratga boʻlgan huquq toʻgʻrisidagi, mol-mulkni xatlashdan chiqarish haqidagi, yer maydonidan foydalanish tartibini belgilash toʻgʻrisidagi daʼvolar imorat, mol-mulk yoki yer maydoni joylashgan yerdagi sudning sudloviga taalluqlidir. Meros qoldiruvchining kreditorlari vorislar tomonidan meros qabul qilinguniga qadar taqdim etgan daʼvolar meros mol-mulk yoki uning asosiy qismi joylashgan yerdagi sudning sudloviga tegishlidir. Yoʻlovchilarni, yuklarni yoki bagajni tashish shartnomalaridan yuk tashuvchilarga nisbatan kelib chiqadigan daʼvolar belgilangan tartibda talabnoma taqdim etilgan transport tashkilotining organi davlat roʻyxatidan oʻtgan yerda taqdim etiladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FPK)