# Fuqarolik protsessual kodeksi — 354-modda. Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berishning umumiy qoidalari > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FPK/354 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Ushbu bobda belgilangan qoidalar hakamlik muhokamasi taraflarining hakamlik sudi hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi arizalari fuqarolik ishlari boʻyicha sud tomonidan koʻrib chiqilayotganda qoʻllaniladi. Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi masala hakamlik sudining hal qiluv qarori hakamlik muhokamasi taraflaridan qaysi birining foydasiga chiqarilgan boʻlsa, oʻsha tarafning arizasiga binoan fuqarolik ishlari boʻyicha sud tomonidan koʻrib chiqiladi. Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi ariza qarzdor yashaydigan joydagi yoki turgan joydagi yoxud, agar qarzdor yashaydigan joy yoki turgan joy nomaʼlum boʻlsa, uning mol-mulki turgan yerdagi fuqarolik ishlari boʻyicha sudga beriladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FPK)