# Fuqarolik protsessual kodeksi — 368-modda. Chet davlat sudining yoki chet davlat hakamlik sudining (arbitrajining) hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish toʻgʻrisidagi arizani qaytarish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FPK/368 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Sud chet davlat sudining yoki chet davlat hakamlik sudining (arbitrajining) hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish toʻgʻrisidagi arizani qabul qilish haqidagi masalani hal etishda ariza ushbu Kodeksning 366, 367-moddalari talablari buzilgan holda berilganligini aniqlasa, arizani va unga ilova qilingan hujjatlarni undiruvchiga qaytaradi. Sud arizani qaytarish toʻgʻrisida ajrim chiqaradi. Ajrim, ariza va unga ilova qilingan hujjatlar undiruvchiga ajrim chiqarilgan kundan eʼtiboran besh kun ichida yuboriladi. Arizani qaytarish uchun asos boʻlgan holatlar bartaraf etilganidan keyin undiruvchi sudga umumiy tartibda yangidan ariza bilan murojaat qilishi mumkin. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FPK)