FPK · 372-2-modda

372-2-modda. Sud hujjatini bekor qilish yoki oʻzgartirish asoslari

Sud hujjatini apellyatsiya, kassatsiya va taftish tartibida bekor qilish yoki oʻzgartirish uchun quyidagilar asos boʻlishi mumkin:

1) ish uchun ahamiyatga ega boʻlgan holatlarning toʻliq aniqlanmaganligi;

2) sud aniqlangan deb hisoblagan, ish uchun ahamiyatga ega boʻlgan holatlarning isbotlanmaganligi;

3) sud hujjatida bayon etilgan sud xulosalarining ish holatlariga muvofiq emasligi;

4) bildirilgan talab boʻyicha sud tomonidan sud hujjatining qabul qilinmaganligi;

5) moddiy va protsessual huquq normalarining buzilganligi yoki notoʻgʻri qoʻllanilganligi.

Sudning mazmunan toʻgʻri boʻlgan hal qiluv qarori, ajrimi, qarori faqat rasmiy asoslarga koʻra bekor qilinishi mumkin emas.

Sud xarajatlarini taqsimlash toʻgʻrisidagi masalaning hal qilinmaganligi yoki notoʻgʻri hal qilinganligi sudning hal qiluv qarorini bekor qilish yoki oʻzgartirish uchun asos boʻlmaydi. Bunday holda ajrimning xulosa qismida sud xarajatlari ushbu Kodeksning 138 — 141-moddalarida nazarda tutilgan tartibda taqsimlanishi koʻrsatiladi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.