# Fuqarolik protsessual kodeksi — 372-3-modda. Moddiy huquq normalarini buzish yoki notoʻgʻri qoʻllash > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FPK/372-3 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Quyidagi hollarda moddiy huquq normalari buzilgan yoki notoʻgʻri qoʻllanilgan deb hisoblanadi, agar sud: 1) qoʻllanilishi lozim boʻlgan qonunni yoki boshqa qonunchilik hujjatini qoʻllamagan boʻlsa; 2) qoʻllanilmasligi lozim boʻlgan qonunni yoki boshqa qonunchilik hujjatini qoʻllagan boʻlsa; 3) qonunni yoki boshqa qonunchilik hujjatini notoʻgʻri talqin qilgan boʻlsa. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FPK)