FPK · 386-modda

386-modda. Apellyatsiya shikoyatining (protestining) mazmuni

Apellyatsiya shikoyatida (protestida) quyidagilar koʻrsatilgan boʻlishi kerak:

1) shikoyat (protest) yoʻllanayotgan sudning nomi;

2) shikoyat (protest) berayotgan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi (nomi), uning yashash joyi yoki joylashgan yeri (pochta manzili);

3) ishning raqami, shikoyat qilinayotgan (protest keltirilayotgan) hal qiluv qarori, ajrim, qaror qabul qilingan sana va ushbu sud hujjatlarini qabul qilgan sud;

4) hal qiluv qarorining, ajrimning, qarorning notoʻgʻriligi nimadan iborat ekanligi;

5) shikoyat (protest) berayotgan shaxsning iltimosi;

6) shikoyatga (protestga) ilova qilingan yozma materiallarning roʻyxati.

Apellyatsiya shikoyatini shikoyat berayotgan shaxs yoki uning vakili imzolaydi. Apellyatsiya protestini prokuror yoki uning oʻrinbosari keltiradi va imzolaydi.

Apellyatsiya shikoyatida (protestida) shikoyatni (protestni) bergan shaxsning yoxud uning vakilining telefonlari va fakslari raqamlari, elektron pochta manzili koʻrsatilishi mumkin.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.