# Fuqarolik protsessual kodeksi — 389-2-modda. Apellyatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FPK/389-2 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Ushbu Kodeksda belgilangan shakl va mazmun talablariga rioya etilgan holda berilgan apellyatsiya shikoyati (protesti) apellyatsiya instansiyasi sudining ish yurituviga qabul qilinadi. Apellyatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisidagi ajrimda apellyatsiya shikoyatini (protestini) koʻrib chiqish boʻyicha sud majlisini oʻtkazish vaqti va joyi koʻrsatiladi. Apellyatsiya shikoyati (protesti) bergan shaxs, shuningdek ishda ishtirok etuvchi shaxslar ishni apellyatsiya instansiyasida koʻrish vaqti va joyi haqida xabardor qilinadi. Ish muhokamasining vaqti va joyi toʻgʻrisida belgilangan tartibda xabardor qilingan shaxslarning kelmaganligi ishning apellyatsiya tartibida koʻrilishiga toʻsqinlik qilmaydi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FPK)