# Fuqarolik protsessual kodeksi — 389-3-modda. Apellyatsiya instansiyasi sudi tomonidan hal qiluv qarorining ijrosini toʻxtatib turish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FPK/389-3 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning iltimosnomasiga koʻra, apellyatsiya shikoyati (protesti) uni berish muddati oʻtkazib yuborilgan holda berilgan va mazkur muddatni tiklash toʻgʻrisidagi iltimosnoma qanoatlantirilgan taqdirda, apellyatsiya instansiyasi sudi (sudyasi) birinchi instansiya sudi tomonidan qabul qilingan hal qiluv qarorining ijrosini apellyatsiya instansiyasida ish yuritish tamomlanguniga qadar toʻxtatib turadi, bundan darhol ijro etilishi lozim boʻlgan hal qiluv qarorlari mustasno. Hal qiluv qarorining ijrosini toʻxtatib turish haqida apellyatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisidagi ajrimda koʻrsatiladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FPK)