FPK · 389-4-modda

389-4-modda. Apellyatsiya shikoyatini (protestini) koʻrmasdan qoldirish

Agar apellyatsiya shikoyati (protesti) ish yuritishga qabul qilinganidan keyin shikoyatning (protestning) imzolanmaganligi yoki uni imzolash huquqiga ega boʻlmagan yoxud mansab mavqeyi koʻrsatilmagan shaxs tomonidan imzolanganligi aniqlansa, apellyatsiya instansiyasi sudi shikoyatni (protestni) koʻrmasdan qoldiradi.

Apellyatsiya shikoyatini (protestini) koʻrmasdan qoldirish toʻgʻrisida sud ajrim chiqaradi.

Apellyatsiya shikoyatini (protestini) koʻrmasdan qoldirish uchun asos boʻlib xizmat qilgan holat bartaraf etilganidan keyin shikoyat (protest) ushbu Kodeksda belgilangan tartibda sudga yangidan berilishi mumkin.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.