# Fuqarolik protsessual kodeksi — 390-modda. Apellyatsiya shikoyatiga (protestiga) qoʻshilish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FPK/390 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Sud protsessida apellyatsiya shikoyati bergan taraf tomonida ishtirok etayotgan sherik ishtirokchilar va uchinchi shaxslar berilgan shikoyatga qoʻshilishi mumkin. Mazkur shaxslar keltirilgan apellyatsiya protestiga ham qoʻshilishi mumkin. Shikoyatga (protestga) qoʻshilish haqida ariza berilganda davlat boji undirilmaydi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FPK)