# Fuqarolik protsessual kodeksi — 391-modda. Apellyatsiya shikoyati (protesti) yuzasidan tushuntirish berish (eʼtiroz bildirish) > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FPK/391 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar shikoyat (protest) yuzasidan sudga tushuntirishlar (eʼtirozlar) ularni tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilib, taqdim etishga haqli. Tushuntirishlar (eʼtirozlar) ishda ishtirok etuvchi shaxslar soniga qarab mutanosib miqdordagi koʻchirma nusxalari bilan birga sudga taqdim etiladi, bundan elektron hujjat tarzida yuboriladigan tushuntirishlar (eʼtirozlar) mustasno. Sud tushuntirishlarning (eʼtirozlarning) koʻchirma nusxalarini ishda ishtirok etuvchi shaxslarga topshiradi (yuboradi). [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FPK)