# Fuqarolik protsessual kodeksi — 399-modda. Apellyatsiya instansiyasi sudining vakolatlari > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FPK/399 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Sud ishni apellyatsiya tartibida koʻrib chiqqach, oʻz ajrimi bilan: 1) hal qiluv qarorini, ajrimni, qarorni oʻzgarishsiz qoldirishga; 2) hal qiluv qarorini, ajrimni, qarorni toʻliq yoki qisman bekor qilishga va yangi hal qiluv qarori, ajrim yoki qaror chiqarishga; 3) hal qiluv qarorini, ajrimni, qarorni toʻliq yoki qisman oʻzgartirishga; 4) hal qiluv qarorini toʻliq yoki qisman bekor qilishga hamda ushbu Kodeksda koʻrsatilgan asoslarga koʻra arizani koʻrmasdan qoldirishga yoxud ish yuritishni toʻliq yoki qisman tugatishga; 5) agar ish sudga taalluqlilik toʻgʻrisidagi qoidalar buzilgan holda koʻrib chiqilgan boʻlsa, hal qiluv qarorini bekor qilishga va ish materiallarini sudga taalluqliligiga koʻra boshqa sudga yuborishga haqli. Ushbu Kodeks 372-2-moddasi birinchi qismining 4-bandida va 372-4-moddasi ikkinchi qismining 2 va 4-bandlarida nazarda tutilgan asoslar aniqlanganda, apellyatsiya instansiyasi sudi ishni birinchi instansiya sudida ish yuritish qoidalari boʻyicha koʻradi. Ishni birinchi instansiya sudida ish yuritish qoidalari boʻyicha koʻrishga oʻtish haqida ajrim chiqarilib, unda bajarilishi lozim boʻlgan harakatlar koʻrsatiladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FPK)