# Fuqarolik protsessual kodeksi — 4-modda. Sudga murojaat qilish shakli > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FPK/4 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Sudga murojaat qilish: fuqarolik huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolar boʻyicha — daʼvo arizasi shaklida; buyruq tartibida ish yuritish boʻyicha, alohida tartibda yuritiladigan ishlar boʻyicha, shuningdek ushbu Kodeksda nazarda tutilgan boshqa hollarda — ariza shaklida; apellyatsiya yoki kassatsiya, tegishli taftish instansiyasi sudlariga murojaat etilganda — shikoyat (protest) shaklida amalga oshiriladi. Murojaat va unga ilova qilinadigan hujjatlar sudga elektron hujjat tarzida yuborilishi mumkin. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FPK)