# Fuqarolik protsessual kodeksi — 405-modda. Kassatsiya shikoyatini (protestini) berish tartibi > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FPK/405 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Kassatsiya shikoyati (protesti) kassatsiya instansiyasi sudining nomiga yoʻllanadi, lekin hal qiluv qarorini, ajrimni, qarorni qabul qilgan sudga beriladi. Sud hujjatini qabul qilgan sud kassatsiya shikoyati (protesti) kelib tushgan kundan eʼtiboran besh kunlik muddatda uni kassatsiya instansiyasi sudiga ish bilan birga yuborishi shart. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FPK)