FPK · 406-modda

406-modda. Kassatsiya shikoyatining (protestining) mazmuni

Kassatsiya shikoyatida (protestida) quyidagilar koʻrsatilgan boʻlishi kerak:

1) shikoyat (protest) yoʻllanayotgan kassatsiya instansiyasi sudining nomi;

2) shikoyat (protest) berayotgan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi (nomi), uning yashash joyi yoki joylashgan yeri (pochta manzili);

3) ishning raqami, shikoyat qilinayotgan (protest keltirilayotgan) hal qiluv qarori, ajrim, qaror qabul qilingan sana va ushbu sud hujjatini qabul qilgan sud;

4) hal qiluv qarorining, ajrimning, qarorning notoʻgʻriligi nimadan iborat ekanligi;

5) shikoyat (protest) berayotgan shaxsning iltimosi;

6) shikoyatga (protestga) ilova qilingan yozma materiallarning roʻyxati.

Kassatsiya shikoyatini shikoyat berayotgan shaxs yoki uning vakili imzolaydi.

Kassatsiya protesti protest keltirgan prokuror yoki uning oʻrinbosari tomonidan imzolangan boʻlishi kerak.

Kassatsiya shikoyatida (protestida) shikoyatni (protestni) bergan shaxsning yoxud uning vakilining telefonlari va fakslari raqamlari, elektron pochta manzili koʻrsatilishi mumkin.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.