# Fuqarolik protsessual kodeksi — 407-1-modda. Ishni talab qilib olish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FPK/407-1 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori va uning oʻrinbosarlari, viloyat prokurori, unga tenglashtirilgan prokuror va ularning oʻrinbosarlari, tuman, shahar prokurorlari va ularga tenglashtirilgan prokurorlar ushbu Kodeksning 403-moddasida koʻrsatilgan shaxslarning murojaatlari mavjud boʻlgan taqdirda yoki prokuror ishtirokida koʻrilgan ishlar boʻyicha yoxud qonunda prokurorning ishtirok etishi nazarda tutilgan boʻlib, biroq u sud muhokamasining vaqti va joyi toʻgʻrisida tegishli tarzda xabardor qilinmasdan koʻrilgan ishlar boʻyicha kassatsiya protesti keltirish toʻgʻrisidagi masalani hal etish uchun tegishli suddan ishni talab qilib olishga haqli. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FPK)