# Fuqarolik protsessual kodeksi — 407-8-modda. Kassatsiya shikoyatini (protestini) koʻrmasdan qoldirish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FPK/407-8 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Agar kassatsiya shikoyati (protesti) ish yuritishga qabul qilinganidan keyin kassatsiya shikoyatining (protestining) imzolanmaganligi yoki uni imzolash huquqiga ega boʻlmagan yoxud mansab mavqeyi koʻrsatilmagan shaxs tomonidan imzolanganligi aniqlansa, kassatsiya instansiyasi sudi kassatsiya shikoyatini (protestini) koʻrmasdan qoldiradi. Kassatsiya shikoyatini (protestini) koʻrmasdan qoldirish toʻgʻrisida sud ajrim chiqaradi. Kassatsiya shikoyatini (protestini) koʻrmasdan qoldirish uchun asos boʻlib xizmat qilgan holat bartaraf etilganidan keyin kassatsiya shikoyati (protesti) ushbu Kodeksda belgilangan tartibda sudga yangidan berilishi mumkin. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FPK)