# Fuqarolik protsessual kodeksi — 419-13-modda. Sud hujjatlarining ijrosini toʻxtatib turish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FPK/419-13 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning iltimosnomasiga koʻra, taftish instansiyasi sudi (sudyasi) sud hujjatlarining ijrosini taftish instansiyasida ish yuritish tamomlanguniga qadar toʻxtatib turishga haqli. Sudya sud hujjatining ijrosini toʻxtatib turish toʻgʻrisida yoki uning ijrosini toʻxtatib turishni rad etish haqida taftish shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisidagi ajrimda koʻrsatadi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FPK)