FPK · 419-14-modda

419-14-modda. Ishni talab qilib olish

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi va uning oʻrinbosarlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi taftish tartibidagi shikoyat (protest) boʻyicha ishni tegishli suddan talab qilib olishga haqli.

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori va uning oʻrinbosarlari, viloyat prokurori, unga tenglashtirilgan prokuror va ularning oʻrinbosarlari ushbu Kodeksning 419-4-moddasida koʻrsatilgan shaxslarning murojaatlari mavjud boʻlgan taqdirda yoki prokuror ishtirokida koʻrilgan ishlar boʻyicha yoxud qonunda prokurorning ishtirok etishi nazarda tutilgan boʻlib, biroq u sud muhokamasining vaqti va joyi toʻgʻrisida tegishli tarzda xabardor qilinmasdan koʻrilgan ishlar boʻyicha taftish tartibida protest keltirish toʻgʻrisidagi masalani hal etish uchun tegishli suddan oʻz vakolatlari doirasida ishni talab qilib olishga haqli.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.