FPK · 419-18-modda

419-18-modda. Ishda ishtirok etuvchi shaxslarni xabardor qilish

Taftish tartibida shikoyat (protest) bergan shaxs, shuningdek ishda ishtirok etuvchi shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hayʼatida ishni koʻrish vaqti va joyi toʻgʻrisida xabardor qilinadi. Ish muhokamasining vaqti va joyi toʻgʻrisida belgilangan tartibda xabardor qilinganligi koʻrsatilgan shaxslarning kelmaganligi ishning taftish tartibida koʻrilishiga toʻsqinlik qilmaydi.

Ish taftish tartibida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosatida koʻrilganda, ishda ishtirok etuvchi shaxslar tushuntirishlar berish uchun chaqirilishi mumkin. Bu holda ularga ishni taftish tartibida koʻradigan sud majlisining vaqti va joyi toʻgʻrisida xabarnoma yuboriladi. Biroq ularning kelmaganligi ishning koʻrilishiga toʻsqinlik qilmaydi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.