# Fuqarolik protsessual kodeksi — 419-19-modda. Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) koʻrmasdan qoldirish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FPK/419-19 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Agar shikoyat (protest) ish yuritishga qabul qilinganidan keyin shikoyatning (protestning) imzolanmaganligi yoki uni imzolash huquqiga ega boʻlmagan yoxud mansab mavqeyi koʻrsatilmagan shaxs tomonidan imzolanganligi aniqlansa, taftish instansiyasi sudi taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) koʻrmasdan qoldiradi. Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) koʻrmasdan qoldirish toʻgʻrisida sud ajrim chiqaradi. Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) koʻrmasdan qoldirish uchun asos boʻlib xizmat qilgan holat bartaraf etilganidan keyin shikoyat (protest) ushbu Kodeksda belgilangan tartibda sudga yangidan berilishi mumkin. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FPK)