FPK · 419-2-modda

419-2-modda. Birinchi instansiya sudining ajrimi ustidan shikoyat qilinganligi (protest keltirilganligi) munosabati bilan ishni koʻradigan kassatsiya instansiyasi sudining vakolatlari

Kassatsiya instansiyasi sudi xususiy shikoyatni (protestni) koʻrib chiqib:

1) ajrimni oʻzgarishsiz qoldirishga;

2) ajrimni bekor qilishga va daʼvo arizani (arizani), ishni mazmunan koʻrish uchun birinchi instansiya sudiga yuborishga;

3) ajrimni butunlay yoki qisman oʻzgartirishga yoxud bekor qilishga va masalani mazmunan hal qilishga;

4) ajrimni bekor qilishga va daʼvo arizasini (arizani), ish materiallarini koʻrib chiqish uchun sudga taalluqliligiga koʻra boshqa sudga yuborishga haqli.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.