# Fuqarolik protsessual kodeksi — 419-21-modda. Taftish tartibidagi shikoyatga (protestga) qoʻshilish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FPK/419-21 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Sud protsessida taftish tartibida shikoyat bergan shaxs tomonida ishtirok etayotgan sherik ishtirokchilar va uchinchi shaxslar berilgan shikoyatga qoʻshilishi mumkin. Mazkur shaxslar taftish tartibida keltirilgan protestga ham qoʻshilishi mumkin. Shikoyatga (protestga) qoʻshilish haqida ariza berilganda davlat boji undirilmaydi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FPK)