# Fuqarolik protsessual kodeksi — 419-28-modda. Shikoyatni (protestni) taftish tartibida koʻradigan sudning vakolatlari > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FPK/419-28 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Taftish instansiyasi sudi shikoyatni (protestni) taftish tartibida koʻrish natijalari boʻyicha: 1) hal qiluv qarorini, ajrimni yoki qarorni oʻzgarishsiz qoldirishga; 2) hal qiluv qarorini, ajrimni yoki qarorni toʻliq yoxud qisman bekor qilishga va yangi hal qiluv qarori, ajrim yoki qaror qabul qilishga; 3) hal qiluv qarorini, ajrimni, qarorni toʻliq yoki qisman oʻzgartirishga; 4) ushbu Kodeks 372-2-moddasi birinchi qismining 4-bandida va 372-4-moddasi ikkinchi qismining 4-bandida nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlgan taqdirda, hal qiluv qarorini, ajrimni, qarorni bekor qilishga va ishni yangidan koʻrish uchun apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudiga yuborishga; 5) hal qiluv qarorini, ajrimni yoki qarorni toʻliq yoki qisman bekor qilishga va ushbu Kodeksda koʻrsatilgan asoslarga koʻra arizani koʻrmasdan qoldirishga yoxud ish yuritishni toʻliq yoki qisman tugatishga; 6) ayrim sud hujjatlarini bekor qilishga va ish boʻyicha ilgari qabul qilingan sud hujjatlaridan birini oʻz kuchida qoldirishga haqli. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FPK)