# Fuqarolik protsessual kodeksi — 43-modda. Taraflar > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FPK/43 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Daʼvogar (ariza beruvchi) va javobgar fuqarolik sud ishlarini yuritishning taraflaridir. Oʻzining buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlarini yoxud qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini himoya qilish maqsadida sudga murojaat etgan yoinki manfaatini koʻzlab ish qoʻzgʻatilgan shaxs daʼvogardir. Oʻziga nisbatan talab taqdim etilgan shaxs javobgardir. Alohida tartibda yuritiladigan ishlar va ushbu Kodeksda nazarda tutilgan boshqa ishlar boʻyicha ariza bergan shaxs arizachidir. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FPK)