# Fuqarolik protsessual kodeksi — 438-modda. Sud hujjatlarini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻradigan sudlar > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FPK/438 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori yangi ochilgan holatlar boʻyicha ushbu hal qiluv qarorini chiqargan sud tomonidan yangidan koʻriladi. Apellyatsiya, kassatsiya yoki taftish instansiyasi sudlarining qaysi ajrimlari va qarorlari boʻyicha birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori oʻzgartirilgan yoxud yangi hal qiluv qarori qabul qilingan boʻlsa, oʻsha qarorlar va ajrimlarni yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish sud hujjatini oʻzgartirgan yoki yangi hal qiluv qarori qabul qilgan sud tomonidan amalga oshiriladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FPK)