# Fuqarolik protsessual kodeksi — 446-modda. Sud hujjatlarini ijroga qaratish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FPK/446 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Sud hujjatlari ular qonuniy kuchga kirgandan keyin ijroga qaratiladi, bundan uning qonunchilikda belgilangan tartibda darhol ijro etilishi hollari mustasno. Sud hujjatining majburiy ijrosi, agar ushbu Kodeksda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, sud tomonidan beriladigan ijro varaqasi asosida amalga oshiriladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FPK)