# Fuqarolik protsessual kodeksi — 447-modda. Ijro varaqasi > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FPK/447 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Ijro varaqasi sud tomonidan berilgan, undiruvchining sud hujjatini majburiy ijro etishga boʻlgan huquqini tasdiqlovchi hujjatdir. Ijro varaqasida quyidagilar koʻrsatilishi lozim: 1) ijro varaqasini bergan sudning nomi; 2) ijro varaqasining qaysi ish boʻyicha berilganligi va uning raqami; 3) ijro etilishi lozim boʻlgan sud hujjati qabul qilingan sana; 4) undiruvchi va qarzdorning nomi, ularning manzillari; jismoniy shaxslar uchun — qarzdor jismoniy shaxsning tugʻilgan sanasi va joyi, ish joyi, shaxsiy identifikatsiya raqami (Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlmagan jismoniy shaxslarning shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatlarning rekvizitlari), mavjud boʻlgan taqdirda — undiruvchi jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami, shuningdek undiruvchining va qarzdor yuridik shaxsning soliq toʻlovchi identifikatsiya raqami; 5) sud hujjatining qaror qismi; 6) sud hujjati kuchga kirgan sana; 7) ijro varaqasi berilgan sana va uni ijroga topshirish muddati. Sud hujjatiga asosan beriladigan ijro varaqasi sudyaning elektron raqamli imzosidan foydalangan holda rasmiylashtiriladi va QR-kod (matritsali shtrixli kod) bilan tasdiqlanadi. Bunda agar sud hujjatiga asosan berilgan ijro varaqasi Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida ijro etilishi lozim boʻlsa yoki undiruvchining iltimosnomasiga koʻra u sudning muhri va sudyaning imzosi bilan tasdiqlangan holda qogʻoz shaklida berilishi (yuborilishi, taqdim etilishi) mumkin. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FPK)