# Fuqarolik protsessual kodeksi — 457-modda. Ijro varaqasini qaytarib olish va yangi ijro varaqasi berish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FPK/457 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Sud oʻzi tomonidan yozuvdagi xatolar, arifmetik xatolar bilan berilgan, shuningdek oʻzgartirilgan (bekor qilingan) sud hujjati asosida berilgan ijro varaqasini undiruvchining, qarzdorning, davlat ijrochisining arizasiga yoki oʻzining tashabbusiga koʻra taraflarni chaqirmagan va sud muhokamasini oʻtkazmagan holda qaytarib olishga hamda uning oʻrniga yangi ijro varaqasini berishga haqli. Yozuvdagi xatolar, arifmetik xatolar bilan berilgan yoki oʻzgartirilgan (bekor qilingan) sud hujjati asosida berilgan ijro varaqasi uni bergan sudga undiruvchi yoki davlat ijrochisi tomonidan ijro etilmasdan qaytariladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FPK)