# Fuqarolik protsessual kodeksi — 46-modda. Ishga daxldor boʻlmagan javobgarni almashtirish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FPK/46 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Sud daʼvo boʻyicha javob berishi lozim boʻlmagan shaxsga nisbatan daʼvo taqdim etilganligini aniqlasa, hal qiluv qarori qabul qilinguniga qadar daʼvogarning roziligi bilan ishga daxldor boʻlmagan javobgarni ishga daxldor javobgar bilan almashtirishga yoʻl qoʻyishi mumkin. Agar daʼvogar javobgarning boshqa shaxs bilan almashtirilishiga rozi boʻlmasa, sud bu shaxsni sherik javobgar sifatida ishga jalb etishi mumkin. Ishga daxldor boʻlmagan javobgarni almashtirish haqida sud ajrim chiqaradi. Ishga daxldor boʻlmagan javobgar almashtirilgandan soʻng ishni koʻrish boshidan boshlanadi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FPK)