# Fuqarolik protsessual kodeksi — 461-modda. Alohida toifadagi ishlar boʻyicha qaytarma ijroning oʻziga xos jihatlari > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FPK/461 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Mehnatga oid huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan talablar boʻyicha pul summalarini undirish toʻgʻrisidagi, intellektual mulk obyektlaridan foydalanganlik uchun haq undirish haqidagi, alimentlar undirish toʻgʻrisidagi, mayib boʻlganlik yoki sogʻliqqa boshqacha shikast yetganlik, shuningdek boquvchining vafot etishi natijasida yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash haqidagi ishlar boʻyicha sud hujjatlari bekor qilingan taqdirda, agar bekor qilingan sud hujjati daʼvogar bergan soxta maʼlumotlarga yoxud u taqdim etgan qalbaki hujjatlarga asoslangan boʻlsa, sud hujjatining qaytarma ijrosiga yoʻl qoʻyiladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FPK)