FPK · 53-modda

53-modda. Boshqa shaxslarning huquqlarini himoya qilayotgan davlat boshqaruvi organlari, tashkilotlar va ayrim fuqarolarning protsessual huquq va majburiyatlari

Ushbu Kodeksning 52-moddasida koʻrsatilgan sud protsessi ishtirokchilari mazkur Kodeksning 40-moddasida nazarda tutilgan protsessual huquqlardan foydalanadi, shuningdek boshqa shaxsning huquqlari, erkinliklari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini himoya qilish uchun arz qilingan talablarni toʻliq yoki qisman qoʻllab-quvvatlash, ulardan voz kechish, oʻzlari arz qilgan talablar boʻyicha tushuntirishlar berish huquqiga ega. Mazkur organlar, tashkilotlar va fuqarolarning boshqa shaxsning huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini himoya qilish uchun sudga bergan arizasidan voz kechishi ushbu shaxsni ishni mazmunan koʻrib chiqishni talab qilish huquqidan mahrum etmaydi.

Davlat organi, tashkilot va boshqa shaxs tomonidan daʼvogarning huquqlarini himoya qilish uchun taqdim etilgan daʼvo arizasidan (arizadan) daʼvogarning (arizachining) voz kechishi, agar bu uchinchi shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga daxl qilmasa, daʼvo arizasini (arizani) koʻrmasdan qoldirishga olib keladi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.