Guvoh sifatida chaqirilgan shaxs sudga kelishi va toʻgʻri koʻrsatuvlar berishi shart.
Agar guvoh sud uzrsiz deb topgan sabablarga koʻra sud chaqiruvi boʻyicha kelmasa, shuningdek koʻrsatuvlar berishdan boʻyin tovlasa, u ushbu Kodeksning 146-moddasida belgilangan tartibda jarimaga tortilishi mumkin.
Jarima solinishi guvohni sudga kelish va koʻrsatuvlar berish majburiyatidan ozod etmaydi.
Bila turib yolgʻon koʻrsatuvlar berganlik uchun guvoh Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 238-moddasiga muvofiq javobgar boʻladi.