# Fuqarolik protsessual kodeksi — 70-modda. Sudda vakillik qilishi mumkin boʻlmagan shaxslar > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FPK/70 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Quyidagilar sudda vakillik qilishi mumkin emas: 1) voyaga yetmagan shaxslar, bundan qonunchilikda belgilangan hollar mustasno; 2) vasiylik va homiylik belgilangan shaxslar; 3) sudyalar, prokurorlar, surishtiruvchilar, tergovchilar, sud devoni xodimlari, bundan ular qonuniy vakil (ota-onalar, farzandlikka olganlar, vasiylar, homiylar) sifatida, shuningdek tegishli sud, prokuratura, surishtiruv va tergov organlarining vakili sifatida qatnashgan hollar mustasno; 4) manfaatlari vakolat beruvchining manfaatlariga zid boʻlgan shaxslarga huquqiy yordam koʻrsatayotgan yoki ilgari yordam koʻrsatgan shaxslar; 4-1) shu nizo bilan bogʻliq mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirishda mediator sifatida ishtirok etganlar, bundan qonunchilikda nazarda tutilgan va mediatorning ishtiroki yuzasidan oʻzaro rozilik boʻlgan hollar mustasno; 4-2) hakamlik muhokamasi davomida ayni shu nizo bilan bogʻliq holda hakamlik sudyasi sifatida ishtirok etgan shaxslar; 5) sudya, prokuror, sud majlisi kotibi, ekspert, mutaxassis, tarjimon bilan qarindoshlik munosabatlarida boʻlgan shaxslar. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FPK)