# Fuqarolik protsessual kodeksi — 72-modda. Isbotlash va dalillarni taqdim etish majburiyati > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FPK/72 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Har bir taraf oʻzining talablari va eʼtirozlariga asos qilib koʻrsatgan holatlarni isbotlashi shart. Sud qanday holatlar ish uchun ahamiyatga ega ekanligini, ularni taraflardan qaysi biri isbotlashi kerakligini aniqlaydi, hatto taraflar bu holatlarni dalil qilib keltirmagan boʻlsa ham ularni muhokamaga qoʻyadi. Dalillar taraflar va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar tomonidan taqdim etiladi. Sud ularga qoʻshimcha dalillar taqdim qilishni taklif etishi mumkin. Agar qoʻshimcha dalillar taqdim etish taraflar va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar uchun qiyinchilik tugʻdirsa, ularga sud dalillar toʻplashda ularning iltimosnomasiga koʻra koʻmaklashadi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FPK)