# Fuqarolik protsessual kodeksi — 77-modda. Dalillarni taʼminlash toʻgʻrisidagi ariza > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FPK/77 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Dalillarni taʼminlash toʻgʻrisidagi ariza dalillarni taʼminlash bilan bogʻliq protsessual harakatlar amalga oshirilishi kerak boʻlgan hududda faoliyat olib borayotgan sudga beriladi. Arizada taʼminlanishi zarur boʻlgan dalillar, bu dalillar bilan tasdiqlanishi zarur boʻlgan holatlar, dalillarni taʼminlash toʻgʻrisida arizachini iltimosnoma bilan murojaat qilishga undagan sabablar, shuningdek taʼminlanadigan dalillar zarur boʻlgan yoki ular keyinchalik asqotishi mumkin boʻlgan ish koʻrsatilishi kerak. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FPK)