# Fuqarolik protsessual kodeksi — 8-modda. Qonun va sud oldida tenglik > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FPK/8 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Fuqarolik ishlari boʻyicha odil sudlov fuqarolarning jinsi, irqi, millati, tili, dini, eʼtiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi, ijtimoiy mavqeyidan, tashkilotlarning esa tashkiliy-huquqiy shaklidan, mulkchilik shaklidan, joylashgan yeri, shuningdek boshqa holatlardan qatʼi nazar, qonun va sud oldida tengligi asosida amalga oshiriladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FPK)