# Fuqarolik protsessual kodeksi — 89-4-modda. Raqamli dalillarni koʻzdan kechirish va tekshirish shartlari > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FPK/89-4 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Sud mutaxassis ishtirokida raqamli dalillarni bevosita koʻzdan kechirishi va tekshirishi shart. Raqamli dalillarni sudga taqdim etish mumkin boʻlmagan yoki ularni yetkazib berishda qiyinchiliklar mavjud boʻlgan taqdirda sud mazkur dalillar saqlanadigan joyda ularning koʻzdan kechirilishini va tekshirilishini talab qilishi mumkin. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FPK)