# Havo kodeksi — 102-modda. Yoʻlovchiga koʻrsatiladigan xizmatlar va imtiyozlar > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/HK/102 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Tashuvchi yoʻlovchilarga tashish qoidalarida belgilangan tartibda xizmat koʻrsatilishini tashkil etishi shart. Shunga muvofiq yoʻlovchiga belgilangan meʼyor doirasida bagaj va qoʻl yukini tekin oʻzi bilan olib uchish, bolalarini (yoshiga qarab) tekin yoki imtiyozli shartlarda olib uchish, aeroportlarda maxsus ajratilgan binolardan foydalanish, shuningdek yuk tashuvchining aybi bilan yoxud boshqa majburiy sabablar bilan roʻy bergan parvozlarning kechiktirilishi yoki ular orasidagi tanaffuslarda mehmonxonalarda joy bilan taʼminlanish huquqi beriladi. Tashuvchi oʻz imtiyozli tijorat dasturlarini amalga oshirish va bunday dasturlarda nazarda tutilgan qoʻshimcha xizmatlar koʻrsatish huquqiga ham ega. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/HK)