# Havo kodeksi — 104-modda. Yoʻlovchining tashabbusi bilan havo transportida tashish shartnomasi kuchining toʻxtatilishi > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/HK/104 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Yoʻlovchi havo transportida tashish shartnomasi amal qilib turgan istalgan vaqtda — yoʻlovchi uchun joy band qilib qoʻyilgan havo kemasi parvoz qilgunicha yoki parvoz qilganidan keyin yoʻnalish manzillaridan birida havo transportida tashish shartnomasini bekor qilish va tashish uchun toʻlangan summaning hammasini yoki bir qismini tashuvchining tariflarini qoʻllash qoidalarida belgilangan tartibda olish huquqiga ega. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/HK)