# Havo kodeksi — 111-modda. Xorijiy tashuvchilarning Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi faoliyati > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/HK/111 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Oʻzbekiston Respublikasi hududida xorijiy tashuvchilar respublika qonunchiligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi va tegishli xorijiy davlatlar ishtirokida tuzilgan xalqaro shartnomalar asosida, shuningdek Aviatsiya maʼmuriyati tomonidan bir gallik va muntazam parvozlar uchun beriladigan maxsus ruxsatnomalarga binoan faoliyat koʻrsatadilar. Xorijiy tashuvchilar Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi hududida oʻzlarining vakolatxonalarini ochishlari mumkin. Xorijiy yuk tashuvchilarga: a) Oʻzbekiston Respublikasi va tegishli xorijiy davlatlar ishtirok etgan havo aloqasi toʻgʻrisidagi xalqaro shartnomalarda yoki maxsus ruxsatnomalarda koʻzda tutilmagan hollarda Oʻzbekiston Respublikasi hududidan xorijiy davlatga olib ketish yoki xorijiy davlat hududidan Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kelish uchun kemaga yoʻlovchilar, qoʻl yuki, yuk va pochta olish; b) Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi boshqa bir manzilga yetkazish uchun Aviatsiya maʼmuriyatining maxsus ruxsatisiz Oʻzbekiston Respublikasi hududida kemaga yoʻlovchilar, qoʻl yuki, yuk va pochta olish man etiladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/HK)