# Havo kodeksi — 114-modda. Tashuvchining qoʻl yukining butligi uchun javobgarligi > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/HK/114 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan qoʻl yuki tashishga qabul qilib olingan paytdan eʼtiboran to u qabul qiluvchiga berilguniga yoki boshqa vakolatli shaxsga topshirilguniga qadar uning yoʻqolganligi, kamomadi yoki unga yetkazilgan zarar uchun tashuvchi javobgar boʻladi. Agar yoʻlovchining yonidagi buyumlar yoʻqolsa yoki ularga zarar yetkazilsa va bu yoʻqotish yoki zarar tashuvchining aybi bilan yuz berganligi isbotlansa, tashuvchi bu buyumlar uchun moddiy javobgar boʻladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/HK)